Foto: «Ru.publika.md»
Amerika kardiologlar assotsiatsiyasi olimlari yurak xuruji xavfini kamaytiradigan mahsulotni aniqlashdi. Bu haqda Express nashri xabar bermoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, zaytun yog‘i yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqotga 1990 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan davrda 63867 nafar ayol va 35512 nafar erkak jalb qilingan. Har to‘rt yilda ular o‘zlarining diyetasi va turmush tarzi bilan bog‘liq savollardan iborat anketani to‘ldirishdi.
Tadqiqotchilar har kuni yarim osh qoshiqdan zaytun yog‘i iste’mol qilganlarda yurak xastaligi xavfi 15 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi esa 21 foizga kamayganini aniqladilar. Shu bilan birga, zaytun yog‘ini ko‘p iste’mol qilish insult xavfiga ta’sir qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi