Foto: «Domashniy ochag»
Astma ko‘pincha yoshi o‘tgan kishilarda rivojlanadi: tashxis natijalariga ko‘ra, 45-60 yoshda uchrashi aniqlangan. Yo‘tal, nafas qisilishi, tez-tez shamollash va ko‘krak sohasida og‘riq kasallikning eng ko‘p uchraydigan belgilaridir. Ammo muammo shundaki, bu belgilar ko‘pincha boshqa kasalliklarga hamroh bo‘ladi va ularning ba’zilari esa hayot uchun xavfli. Ushbu maqolada astma qanday kasalliklarni «yashirishi» mumkinligi va uni qanday qilib aniqlash kerakligi haqida ma’lumot beramiz.
Yurak ishemiyasi
Har doim ham emas, yurak xastaligi bilan bemorlar ko‘krak sohasidagi og‘riqlarga duch keladi. Ko‘proq uchraydigan alomatlar – bosim yoki og‘irlik hissi, shuningdek, nafas qisilishi yoki nafas olishda qiyinchilik. Agar bu belgilar yo‘tal bilan birga kuzatilsa, demak, yurak xastaligidan ko‘ra ko‘proq astmadan gumon qilish mumkin. Ayni paytda, agar bu alomat xavotir uyg‘otsa, nafaqat o‘pkani tekshirtirish, balki kardiolog bilan uchrashish kerak.
O‘pka emboliyasi
Bu kasallikda tromblar o‘pka arteriyasiga tiqilib qoladi. Yo‘talish ko‘pincha balg‘am bilan kechadi, ba’zida qon aralashadi, ko‘krak qafasidagi og‘riq, nafas qisilishi, shuningdek, xirillash, shishish, puls va yurak urishining zaifligi, bosh aylanishi – bu alomatlarning barchasi tromboembolizmni ko‘rsatadi. Ularning ko‘pini astma kasalligining dastlabki belgilari bilan osonlikcha chalkashtirib yuborish mumkin. Shuning uchun shifokorga ko‘rinish va undan qo‘shimcha tekshiruv tayinlashni so‘rash kerak.
O‘tkir yurak yetishmovchiligi
Astma bilan osonlikcha chalkashib ketadigan yana bir yurak kasalligi – yurak muammolari tufayli o‘pkada suyuqlik to‘planib, astmaga o‘xshash alomatlar paydo bo‘ladi.
Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi
Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi – sayyoraning har o‘ninchi aholisiga ta’sir qiladigan xavfli kasallik hisoblanadi. Astma kasallikning rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin, shuning uchun u astma bilan osongina adashtiriladi. Qanday bo‘lmasin, agar shubhali alomatlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashibgina qolmay, balki o‘pka salomatligi bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish kerak.
Tovush paychalarining kasalliklari
Tovush paychalarining disfunksiyasi va falajlanishi nafas olish muammolarini keltirib chiqaradi: shikastlangan ovoz paychalari beixtiyor qisqarib, bemorning nafas olishini qiyinlashtiradi. Bu alomatlarni shifokorlar ham ko‘pincha astma bilan adashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin