Anjir mevasi qayd qilish, lohaslik, bosh og‘rig‘i kabi yoqimsiz simptomlarni qoldiradi. Anjirni kunlik ratsionga kiritish lozim, chunki unda to‘qimalar ko‘p. Bu haqda parhezshunos Svetlana Fus RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, anjir tarkibidagi to‘qimalar hazm qilish tizimini me’yorlashtiradi.
Shuningdek, anjir prebiotik vazifasini bajaradi, ya’ni ichaklarda yashaydigan bakteriyalarga oziq bo‘ladi.
“Aynan shuning uchun anjirni qabziyatda iste’mol qilish kerak. Biroq uni me’yoridan ortiq iste’mol qilish diareya va meteorizmga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi shifokor.
Bundan tashqari, anjir vitaminlar va minerallarga boy. Uning tarkibida kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir, mis hamda V1, V3, PP va C vitaminlari ham bor.
Quritilgan anjir anemiya (kamqonlik)dan aziyat chekayotganlar odamlar uchun foydali: uning tarkibida temir moddasi olma mevasiga qaraganda ancha ko‘p.
Ushbu mevadan shuningdek, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida ham foydalanish mumkin. Shu sababli uni shamollash vaqtida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Xususan, mashhur meva bosh og‘rig‘i, qayd qilish va lohaslik simptomlarini ham qoldiradi. Anjirni migren va karaxtlikda ham iste’mol qilish samarali. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...