Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

Salomatlik1 daqiqa o'qish545
Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Tibbiy tilda komedonlar deb ataluvchi qora nuqtalar teri teshikchalarining yog‘ va o‘lik hujayralar bilan to‘lib qolishi hamda havo ta'sirida oksidlanishi natijasida yuzaga keladi.
  • Bu holatning kelib chiqishiga yog‘li teri turi, gormonal o‘zgarishlar, stress hamda noto‘g‘ri parvarish va og‘ir kosmetika vositalari ta'sir qiladi.
  • Ularni qo‘l bilan siqib chiqarish infeksiya, yallig‘lanish va iz qolishiga olib kelishi sababli eng katta xato hisoblanadi.
Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?
Foto: Yandex

Ko‘pchilik “qora dog‘” deb o‘ylaydigan muammo aslida boshqacha — bu ruscha aytganda “чёрние точки”, tibbiy tilda esa komedonlar deb ataladi. Ular asosan burun, peshona va iyak atrofida ko‘proq uchraydi.

Qora nuqtalarning asosiy sababi — teri teshikchalarining yog‘ (sebum) va o‘lik hujayralar bilan to‘lib qolishi. Teshikcha ochiq bo‘lgani uchun undagi modda havo bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanadi va qora rangga kiradi. Ya’ni bu ifloslik emas, balki kimyoviy jarayon natijasi.

Bu muammoning kelib chiqishiga bir nechta omillar ta’sir qiladi. Masalan, yog‘li teri turi bo‘lganlarda sebum ko‘proq ishlab chiqariladi. Gormonal o‘zgarishlar — ayniqsa o‘smirlik davrida yoki stress paytida — buni kuchaytiradi. Shuningdek, noto‘g‘ri parvarish, og‘ir kosmetika vositalari va teshikchalarni to‘sib qo‘yuvchi kremlar ham qora nuqtalarni ko‘paytirishi mumkin.

Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

Eng katta xato — ularni qo‘l bilan siqib chiqarish. Bu infeksiya kirishiga, yallig‘lanish va hatto iz qolishiga olib kelishi mumkin.

Qora nuqtalardan xalos bo‘lish uchun teriga to‘g‘ri qarash muhim: yumshoq tozalash, haftasiga 1–2 marta yengil skrab yoki kislotali (masalan, salitsil kislotali) vositalardan foydalanish va eng muhimi — teshikchalarni yopib qo‘ymaydigan kosmetika tanlash.

Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

Agar muammo kuchli bo‘lsa, kosmetolog yoki dermatologga murojaat qilish to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Chunki ba’zi hollarda professional tozalash yoki davolovchi vositalar talab etiladi.

“Qora nuqtalar” — bu oddiy holat, lekin to‘g‘ri parvarish bilan ularni nazorat qilish mumkin.

Yuzdagi “qora nuqtalar” nima va nega paydo bo‘ladi?

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?