Endrick Kylian Mbappeni himoya qildi

Real Madrid yosh iqtidor egasi Endrick jamoaning fransiyalik yulduzi Kylian Mbappeni tanqidlardan himoya qilib chiqdi. Hozirda ijara asosida Lion jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik futbolchi, muxlislar va matbuot tomonidan yuzaga kelgan bosimga qaramay, jamoadoshining mahoratiga ishonishini ta’kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Chempionlar ligasidan chiqib ketgan Real Madrid atrofidagi vaziyat keskinlashgan bir paytda, Mbappening ta’til vaqtida yaxtada hordiq chiqargani muxlislarning g‘azabini keltirdi. Shuningdek, jamoaning taktika va Vinicius Junior bilan hamkorlikdagi muammolari ham fransiyalik hujumchiga nisbatan salbiy munosabatni kuchaytirdi.
SoFoot nashriga bergan intervyusida Endrick tanqidchilarga e’tibor bermasligini aytib o‘tdi. U Mbappening statistik ko‘rsatkichlari va jamoaga keltirayotgan foydasini yuqori baholab, uning yana "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritishini istashini bildirdi.
Madridistlar orasidagi norozilik shunchalik kuchayganki, internetda futbolchining klubdan ketishini talab qiluvchi petitsiyalar ham paydo bo‘ldi. Endi Kylian Mbappe o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun Barselona jamoasiga qarshi bo‘lajak El Klasiko bahsida o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!