
Foto: Gazeta.ru
Stenford universiteti olimlari keksa odamlardagi yomon uyqu sababini aniqlashdi. Buning uchun ular turli yoshdagi sichqonlarni kuzatib, ularning miyasini oʻrganishgan. Ilmiy ish natijalari Science jurnalida chop etilgan.
Olimlar fikriga koʻra, odamlar yoshi ulgʻaygan sayin uyqusi notinch boʻlib qoladi. 65 va undan katta yoshdagi odamlar esa uyquga ketish jarayoni qiyin kechadi. Nimaga bunday holat yuz berishini bilish uchun olimlar turli yoshdagi sichqonlar guruhlarini kuzatdilar.
Bir guruhga uch oydan besh oygacha boʻlgan yosh sichqonlar, ikkinchi guruhga esa 18 oydan 22 oygacha boʻlgan keksa sichqonlar saralab olingan. Mutaxassislar ularning oreksinlari (gipokretinlari) — uygʻonish uchun javob beradigan miyadagi neyropeptidlarni oʻrganishdi. Ma'lum boʻlishicha, keksa sichqonlarda oreksinlar oʻzlarining yosh qarindoshlariga qaraganda 38 foizga kam.
Tadqiqotchilar qarilikda uyqudagi qiyinchiliklar tanani uygʻoqlikdan uyquga oʻtkazadigan kaliy kanallarining buzilishi bilan bogʻliq degan xulosaga kelishgan.
Mutaxassislar uyqu muammolari gipertoniya, diabet, depressiya, Altsgeymer kasalligi, yurak xuruji kabi turli xastaliklarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidlashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar