date

Tabiatning sehrli siri: qarishni to‘xtatuvchi uchta ziravor aniqlanadi

Tabiatning sehrli siri: qarishni to‘xtatuvchi uchta ziravor aniqlanadi

Aydaho universiteti olimlari organizmning qarish jarayonini tabiiy yo‘l bilan sekinlashtirish mumkinligini isbotlashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, faqat uchta ziravorni muntazam iste’mol qilish inson hujayralarini yosh va faol holatda ushlab turadi.

Nutrients jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu “sehrli uchlik” — dolchin, chinnigul va qalampirdir. Olimlar ushbu ziravorlar yurak faoliyatini mustahkamlash, yallig‘lanishni kamaytirish va hujayralarni zararlanishdan himoya qilish qobiliyatiga ega ekanligini aniqlashdi.

Mutaxassislarning fikricha, bu ta’sirning asosiy sababi ziravorlar tarkibidagi polifenol moddalari bo‘lib, ular kuchli antioksidant sifatida ishlab, hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi, yallig‘lanish jarayonlarini pasaytiradi va qarishga olib keluvchi oziq moddalar muvozanatini barqarorlashtiradi.

Ayniqsa, dolchin va chinnigul nafaqat xushbo‘yligi, balki sog‘liq uchun beqiyos foydasi bilan ajralib turadi. Ular yurak-qon tomir tizimini sog‘lomlashtiradi, qondagi shakar darajasini barqarorlashtiradi va metabolizmni faollashtiradi. Qalampir esa qon aylanishni kuchaytirib, yallig‘lanishga qarshi tabiiy muhofaza hosil qiladi.

Tadqiqotda 212 nafar katta yoshli ishtirokchi ishtirok etdi. Ulardan 27 turdagi ziravorni iste’mol qilish chastotasi haqida so‘rovnoma olindi. Natijada, ishtirokchilar oyiga o‘rtacha 680 mg polifenolni faqat ziravorlar orqali qabul qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu umumiy antioksidant miqdorining taxminan 12 foizini tashkil etgan.

Eng katta foyda aynan dolchin, chinnigul va qalampirdagi faol birikmalar hisobiga kuzatilgan. Ular boshqa ziravorlarga qaraganda hujayralarni tezroq tiklaydi va qarishga qarshi ta’sirni kuchaytiradi.

Olimlar endi dietologlar ham ushbu ma’lumotlarni inobatga olishi kerakligini ta’kidlashmoqda. Chunki ziravorlar inson ratsionidagi antioksidant manbasining muhim qismi bo‘lishi mumkin. Ular ovqatning kaloriyasini oshirmagan holda uning biologik qiymatini ko‘paytirib, sog‘lom hayot tarzi uchun tabiiy qo‘shimcha vazifasini bajaradi.

Shunday qilib, oddiy taomlarga qo‘shiladigan dolchin, chinnigul va qalampir nafaqat maza, balki yoshliqni uzaytirishning tabiiy kalitiga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Tabiatning sehrli siri: qarishni to‘xtatuvchi uchta ziravor aniqlanadi