Ilmiy tadqiqot: erkaklar ayollarga nisbatan tezroq qariydi

1 daqiqa o'qish159
Ilmiy tadqiqot: erkaklar ayollarga nisbatan tezroq qariydi

Erkaklar ayollarga nisbatan tezroq qarishi ilmiy jihatdan tasdiqlandi, deb xabar berdi pnas.org.

Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkaklar yosh o‘tishi bilan miya hajmini tezroq yo‘qotadi. Miyadagi ko‘plab sohalarda hujayralar faoliyati pasayishi ularda qarish jarayonini tezlashtiradi.

Tadqiqot doirasida mutaxassislar 4726 nafar insonning 12,5 mingdan ortiq magnit-rezonans tomografiya (MRT) suratlarini tahlil qildi. Har bir ishtirokchida o‘rtacha uch yillik oraliq bilan kamida ikkita tasvir o‘lchandi.

Natijalar shundan dalolat berdiki, erkaklarda miya hajmi ayollarga nisbatan ko‘proq qisqargan. Xususan, hissiyot va harakatlar uchun mas’ul bo‘lgan postmarkaziy po‘stloq qismida erkaklarda yiliga 2 foiz atrofida kamayish kuzatilgan. Ayollarda bu ko‘rsatkich 1,2 foizni tashkil etgan.

Ilmiy tadqiqot: erkaklar ayollarga nisbatan tezroq qariydi

Olimlarning fikricha, bu holat erkaklarda qarish jarayonining tezroq kechishiga va umr davomiyligining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Biroq shunga qaramay, ayollarda Alsgeymer kasalligi hali ham ikki baravar ko‘p uchraydi.

Yangi ilmiy ish esa bu holat keksalikning o‘zi bilan emas, balki boshqa biologik va genetik omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Tadqiqot mualliflari xulosa qildiki, miya hajmi qarish jarayonidagi eng aniq ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, inson hayoti tarzi, stress darajasi va uyqu sifatining ham katta ahamiyati bor.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?