Nok – yoz va kuz faslida eng ko‘p iste’mol qilinadigan mevalardan biridir. Uning ta’mi shirin va suvli bo‘lib, tarkibida ko‘plab foydali moddalar mavjud. Nok organizmni zarur vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi.
Bu meva tarkibida C va K vitaminlari ko‘p. U immunitetni mustahkamlaydi, qon bosimini me’yorda ushlab turadi va yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Nok hazm jarayonini yaxshilaydi, chunki u ovqat hazm qilishni yengillashtiruvchi tolalarga boy. Shuningdek, u organizmdan zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi.
Mutaxassislar nokni muntazam iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Bu meva tabiiy yo‘l bilan sog‘lom turmush tarzini saqlashga ko‘mak beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar