20:08 / 14.07.2022
1 819

Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo iqtisodiyotini og‘ir ahvolga solib qo‘ymoqda

Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo iqtisodiyotini og‘ir ahvolga solib qo‘ymoqda
Foto: Bloomberg
Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya va Belarus sanksiyalardan qochish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan reeksport qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda Diplomat ma’lumot berdi.

Yaqinda AQSH hukumati ogohlantirishida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston 18 davlatdan iborat guruh qatorida Rossiya yoki Belarusga mahsulotlarni reeksport qiluvchi davlat sifatida belgilangan.

Ogohlantirish joriy eksport cheklovlarining umumiy ko‘rinishini, shu jumladan, eksport nazoratidan qochish mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Bundan tashqari reeksport qiluvchi davlat sifatida 18 mamlakatdan iborat guruh aniqlangan. O‘zbekiston ham shunday davlatlar qatoridan joy olgan.

Bundan tashqari ularning tarkibida Armaniston, Braziliya, Xitoy, Gruziya, Hindiston, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Meksika, Nikaragua, Serbiya, Singapur, Janubiy Afrika, Tayvan, Tojikiston, Turkiya va BAA bor.

Rossiya va Belarus tomonidan mudofaa qobiliyatini oshirish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan tovarlar qatoriga samolyot qismlari, antennalar, kameralar, GPS tizimlari, integral mikrosxemalar, neft konlari uskunalari va boshqalar kiradi.

Ba’zi hollarda nazorat qilinadigan AQSH buyumlari qonuniy ravishda ushbu davlatlarga eksport qilinishi mumkin. Ammo ularni Rossiya yoki Belarusga reeksport qilish taqiqlanadi.

Markaziy Osiyo kompaniyalari sanksiyalangan Rossiya kompaniyalari bilan ish olib borsa, katta xavf-xatarlarga duch keladi.

AQSH O‘zbekistonning «Promcomplektlogistic» kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritgani haqida xabar berilgan edi.

Vashingtonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik aloqalari mintaqada Rossiyaga nisbatan sanksiyalar ta’sirini minimallashtirish niyatini ta’kidladi.

Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar ta’sirini qanday kamaytirishi aniq emas, ammo O‘zbekistonda «Amerika biznesini O‘zbekistonga jalb qilish sohasida amaliy hamkorlik qilish imkoniyatlari» muhokama qilindi.

Ekspertlarga ko‘ra, AQSH taklif qilayotgan narsa xalqaro sanksiyalarni qo‘llashda hamkorlikni rag‘batlantirish uchun yetarlimi yoki yo‘qmi bu vaqt masalasidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo iqtisodiyotini og‘ir ahvolga solib qo‘ymoqda