date

Paxtakorlar rejani ortig‘i bilan bajardi – “oltin kuz” yakunlandi

Paxtakorlar rejani ortig‘i bilan bajardi – “oltin kuz” yakunlandi

O‘zbekistonda bu yilgi paxta yig‘im-terimi yakunlandi. 25 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakat paxtakorlari 3 million 765 ming tonnadan ortiq hosil topshirdi, deb xabar berdi qishloq xo‘jaligi tizimi mutasaddilari.

Shu bilan joriy yil uchun belgilangan shartnomaviy reja 100 foizga bajarildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu yilgi mavsum iqlim sharoiti jihatidan noyob bo‘ldi — terim davrida mamlakat bo‘ylab deyarli yomg‘ir yog‘madi. Bu holat terim ishlarini uzluksiz olib borishga imkoniyat yaratdi.

Paxta dalalarida fermerlar va mexanizatorlar tomonidan fidokorona mehnat qilindi. Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish va agrotexnik choralarning o‘z vaqtida bajarilishi yuqori natijalarga olib keldi.

Mutasaddilarning aytishicha, joriy yildagi terim mavsumini haqli ravishda “oltin kuz” deb atash mumkin. Bu mehnatsevar dehqonlar va mexanizatorlar uchun faxrli natija sifatida tarixda qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Paxtakorlar rejani ortig‘i bilan bajardi – “oltin kuz” yakunlandi