Prezident Tramp milliy musiqa ostida raqsga tushdi (video)

1 daqiqa o'qish478
Prezident Tramp milliy musiqa ostida raqsga tushdi (video)

AQSH Prezidenti Donald Tramp 26 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurga yetib keldi. Uni aeroportda qizil gilam va milliy raqs bilan kutib olishdi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Air Force One samolyoti qo‘ngach, Prezidentni Amerika va Malayziya bayroqlarini ko‘targan mezbonlar qarshi oldi. Tramp samolyot trapidan tushib, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan iliq salomlashdi va faxriy qoravul safidan o‘tdi.

Shu vaqtda milliy musiqa yangradi, sahnaga an’anaviy kiyimdagi raqqosalar chiqish qildi. Tramp qo‘llarini ko‘tarib, musiqa sadolariga hamohang ravishda belini tebratdi – bu qisqa, ammo kutilmagan lahza yig‘ilganlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Prezident tabassum bilan tomoshabinlarga qo‘l silkidi, Amerika va Malayziya bayroqlarini ushlab suratga tushdi va so‘ng kortejiga yo‘naldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Osiyoda bo‘lib o‘tadigan ikki mintaqaviy sammitda ishtirok etib, Xitoy rahbari Si Szinpin hamda boshqa yetakchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda. U muzokaralar orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo munosabatlarini barqarorlashtirishni umid qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?