00:10 / 10.09.2022
1 573

Dollar har doimgidek kuchlimi?

Dollar har doimgidek kuchlimi?
Foto: Bloomberg
Dollar o‘tgan bir yil davomida global valyutalari savatiga nisbatan qariyb 20 foizga ko‘tarildi va so‘nggi 20 yildagi eng yuqori darajaga yetdi. The Economist nashri dollar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qildi.

Ayni paytda bir yevro bir dollardan kamroq qiymatga ega. Butun dunyoda zaxira valyutasi sifatida dollar taxtiga da’vogarlar sifatida hisoblanadigan iyena, yuan va kriptovalyutalarning qiymati ham pasayib ketdi.

Amerika Rossiyani siqish uchun moliyaviy ta’siridan foydalangan bo‘lsa ham, odamlar xavfsiz boshpana sifatida dollarga asoslangan moliyaviy tizimga ishonishda davom etdi.

Dollar shu tariqa global moliyaviy tizimda hukmronlik qildi. Ammo masalaga chuqurroq qaralsa, dollarga qarshi turishi mumkin bo‘lgan texnologik siljishlar jadal rivojlanmoqda.

Dollar kursi bir nechta iqtisodiy holatlarni aks ettiradi. Hatto Yevropa va Xitoy tanazzulga yuz tutsa ham, Amerika iqtisodiyoti sezilarli darajada barqaror, ish o‘rinlari ko‘payib, daromadlar hali ham yuqoriligicha qolmoqda.

AQSHda inflyatsiya yuqori va Federal rezerv tizimi (Fed) boshqa yirik markaziy banklarga qaraganda tezroq va yuqoriroq stavkalarni oshirmoqda.

Amerika uchun kuchli dollar ba’zi afzalliklarga ega. Bu uzoq muddatli raqobatbardoshlik muammolarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsa ham, inflyatsiyani pasaytirishga yordam beradi.

Dunyoning ko‘p qismi uchun bu yomon yangilik. AQSH dollari savdo hisob-fakturalari va transchegaraviy qarzlarda doimiy foydalaniladi.
Buning oqibatida, Fed stavkalarni oshirib, kapitalni Amerikaga o‘tkazar ekan, rivojlanayotgan bozorlarning moliyasi qiyin ahvolda qoladi.

Hozirgacha Hindiston kabi yirik iqtisodlar o‘zini yaxshi ushlab turdi, ammo Shri-Lanka va Pokiston kabi katta qarzlari bo‘lgan kichikroq mamlakatlar bir qancha muammolarga duch keldi. Bu global dollarga asoslangan tizimning chidamliligi, u qo‘zg‘atadigan noroziliklarga qaramay, Amerikaning kuchini saqlab qolishdan dalolat beradi.

Mamlakat o‘tgan 15 yil ichida moliyaviy inqiroz, yomon hal qilingan pandemiya, kengaygan budjet taqchilligi va 2021 yilda konstitutsiyaviy inqiroz bilan og‘ir kunlarni boshdan kechirdi. Shunga qaramay, dollar kursi ko‘tarilayotganda ikkita texnologik taraqqiyot diqqatni tortmoqda.

Birinchisi, davlat tomonidan boshqariladigan yangi raqamli valyuta va to‘lov tizimlari nihoyat o‘ziga jalb etmoqda.

Xitoyning e-yuanida hozirda 260 million foydalanuvchi bor va u bilan bog‘liq texnologiya oxir-oqibat Xitoyga barqarorlikni saqlash uchun zarur deb hisoblagan kapital nazoratini saqlab, o‘zining global to‘lov tarmog‘ini boshqarishga imkon berishi mumkin.

Bu hamma narsani Amerika sanksiyalaridan himoya qilishi imkonini yuzaga keltiradi. Boshqa joylarda davlat to‘lov tizimlari kuchli tarmoq effektlarini namoyish etmoqda.

Hindistonning UPI va Braziliyaning PIX to‘lov tizimidan 126 million kishi foydalangan.

Bugungi kunda ushbu to‘lov tarmoqlari mahalliy hisoblanadi; ertaga ular dollarga asoslangan tizimga muqobil sifatida transchegaraviy operatsiyalarni osonlashtirishi mumkin.

Ikkinchisi — kriptovalyutalar. Agar kriptovalyutalardagi firibgarliklarni hisobga olmasa, markazlashmagan moliya texnologiyalari yaxshilanishda davom etmoqda.

20-asrda dollar dunyoning zaxira valyutasi sifatida sterlingni ortda qoldirdi va hisob birligi, qiymat ombori va to‘lov vositasi sifatida keng qo‘llanila boshladi.

Global valyuta rejimlarining navbatdagi o‘zgarishi sodir bo‘lish ehtimoli kam, chunki yangi texnologiyalar ba’zi zaxira-valyuta funksiyalarini ajratishga imkon beradi.

Dollar qadrsizlana boshladi
Biroq Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dollar shu hafta rekord darajadagi ko‘rsatkichdan keyin 0,7 foizga tushib ketdi. Pasayish rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalarida o‘sishga olib keldi.

Yevropa Markaziy banki (ECB) stavkalarni 0,75 foizga ko‘targanidan keyin yevro ham yuqorilay boshladi. Hattoki bu hafta 24 yillik eng past darajaga tushib ketgan iyena ham ko‘tarildi.

O‘zbekistonda ham 12 sentabr uchun so‘mning dollarga nisbatan qiymati 22 so‘mga arzonlab, 10 955 so‘mni tashkil qildi.

Dollar kursining pasayishi so‘nggi paytlarda qadrsizlangan valyutalarga imtiyoz beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollar har doimgidek kuchlimi?