
Payshanba kuni Fransiya terma jamoasining noyabr oyi yigʻini uchun chaqirilgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi. Roʻyxatda "Al-Ittihod" klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante ham bor.
Kante soʻnggi marta milliy jamoaga bir yil oldin chaqirilgan edi. "Uch ranglilar" bosh murabbiyi Didye Desham oʻz qarori yuzasidan izoh berdi.
"Men u bilan doimiy aloqadaman. Men koʻrgan oʻyinlarda u juda yaxshi formada edi.
U har uch-toʻrt kunda oʻyin oʻtkazmoqda. U hali ham terma jamoaga chaqirilishi mumkin va yana taklif oldi.
Kante oʻziga xos maqom va tajribaga ega. Men uni shunchaki jamoada boʻlishi uchun emas, balki muhim roli borligi uchun chaqiraman.
Biz uning holatini muntazam kuzatib boramiz", - dedi Desham jurnalistlarga. Noyabr oyida Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasida Ukraina va Ozarbayjon terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing