Ovechkin NHL tarixida birinchi marta 900 ta gol urdi

Rossiyalik hujumchi va Milliy xokkey ligasining "Vashington" klubi sardori Aleksandr Ovechkin 900 ta gol bilan NHL rekordini o‘rnatdi.
Xokkeychi "Sent-Luis Blyuz"ga qarshi o‘yinning 18-daqiqasida tarixiy gol urdi. O‘yin 6:1 hisobida "Vashington Kepitalz" foydasiga hal bo‘ldi.
6 aprel kuni Ovechkin Ueyn Gretskining NHLdagi 26 yillik rekordini takrorladi. Kanadalik xokkeychi 1999 yil mart oyida 1487-o‘yinida 894 ta gol urgan. Rekordni yangilash uchun rossiyalik futbolchiga shuncha o‘yin kerak bo‘ldi.
Ovechkin NHLdagi faoliyatini 2005 yilda boshlagan. Hozirda xokkeychi o‘zining 20-mavsumini "Vashington Kepitalz" tarkibida o‘tkazmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…