
O‘zbekistonning Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishi, yaqinda sodir bo‘lgan zilzila tufayli uzilgan edi, to‘liq tiklandi. Bu haqda Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi ma’lum qildi.
Dushanba kuni kechasi Samangon va Balx viloyatlarida sodir bo‘lgan yer qimirlashi import elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan. Tiklash ishlari takroriy yer qimirlashlari, ko‘chkilar va kuchli shamollar kabi noqulay sharoitlar sabab murakkab kechdi.
Shunga qaramay, ta’mir jamoalari seshanba kechiga qadar barcha nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi va elektr energiyasini to‘liq hajmda qayta yetkazishni ta’minladi. Hozirda elektr energiyasi yana Kobulga hamda Bag‘lon, Parvon, Panjsher, Kapisa, Logar, Paktia, Maydon-Vardak, G‘azni, Laghmon va Nangarhor viloyatlariga yetkazilmoqda.
O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beruvchi eng yirik davlat hisoblanadi. Ayni paytda “Surxon – Puli-Xumri” nomli 500 kV kuchlanishli yangi elektr uzatish liniyasining qurilishi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha o‘zbek elektr energiyasining eksportini bir necha barobarga oshirish imkonini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing