FIFA mukofoti uchun 7 murabbiy nomzod

FIFA mukofoti uchun 7 murabbiy nomzod
FIFA tomonidan taqdim etiladigan "The Best" mukofotining "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasi bo'yicha nomzodlar eʼlon qilindi. 2025-yilning eng yaxshi murabbiyi unvoni uchun yetti nafar nomzod kurash olib boradi.

Quyida ularning roʻyxatini koʻrishingiz mumkin: - Xavyer Agirre (Meksika terma jamoasi), - Mikel Arteta ("Arsenal"), - Luis Enrike ("PSJ"), - Hans-Diter Flik ("Barselona"), - Enso Mareska ("Chelsi"), - Arne Slot ("Liverpul"), - Roberto Martines (Belgiya terma jamoasi). Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike sentabr oyida "Oltin to‘p" marosimida yilning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

U boshchiligidagi "PSJ" jamoasi 2024/2025-yilgi mavsumda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoa yozda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqib, "Chelsi"ga imkoniyatni boy berdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar