date

Mayami kaliti Messiga topshirildi

Mayami kaliti Messiga topshirildi

Argentina futboli afsonasi Lionel Messi AQSHning Mayami shahrida katta sharafga sazovor bo‘ldi — unga shaharning ramziy kaliti topshirildi. Tantanali marosimda shahar meri Frensis Suares bu kalitni shaxsan Messiga taqdim etdi.

— Sizga bu kalitni shahrimiz uchun qo‘shgan hissangiz va jahon futboliga qilayotgan xizmatlaringiz uchun topshiryapman. Mayamini va butun mamlakatni ilhomlantirayotganingiz uchun minnatdorman, — dedi mer Suares marosimda.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2023 yil yozidan buyon “Inter Mayami” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Yaqinda esa u klub bilan shartnomasini 2028 yil dekabrgacha uzaytirdi.

Shu tariqa, shahar rahbariyati Messining nafaqat sportdagi, balki Mayamining madaniy va jamoat hayotidagi ta’sirini ham e’tirof etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayami kaliti Messiga topshirildi