Foto: AP
Jahon banki mutaxassislari “Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy sharhi” hisobotini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2023 yilda iqtisodiy o‘sish 5,1 foizni tashkil etishi (Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirda prognoz qilinayotgan eng yuqori o‘sish) va o‘rta muddatli istiqbolda bosqichma-bosqich tezlashishi kutilmoqda.
Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar bilan bog‘liq transport logistikasidagi qiyinchiliklar oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori bo‘lishiga va shaxsiy iste’molni kamaytirishga turtki bo‘lib qolishi mumkin.
Xususiy sarmoya va savdoning ko‘tarilishi hamda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining 2022 yildagi eng yuqori cho‘qqisiga chiqqaniga nisbatan barqarorlashishi kutilmoqda. Xitoy iqtisodiyotining kutilayotgan tiklanishi O‘zbekistondan to‘qimachilik va oziq-ovqat eksportiga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin.
Oltin va mis eksportidan bo‘lgan tushumning oshishi, shuningdek, davlat investitsiyalarining sekinlashishi budjet taqchilligining 2023 yilda YAIMning 3,3 foizigacha qisqartiradi.
Hukumat tashqi qarzlar bo‘yicha cheklovlarga amal qilishi kutilmoqda, bu esa 2025 yilga borib davlat qarzi va umumiy tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbatan 32 foiz va 55 foizgacha bosqichma-bosqich qisqarishiga olib keladi.
Ijtimoiy himoya dasturlarini yanada oshirish va kengaytirish mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. 2023 yilda kambag‘allik darajasi 12 foizga tushishi kutilmoqda.
Rossiya iqtisodiyotining yanada qisqarishi, shuningdek, jahon moliya bozorlaridagi keskin sharoit – O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognoziga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mumkin bo‘lgan xavflar sifatida keltirib o‘tilgan.
Milliy iqtisodiyotning ijobiy tendensiyalari qatoriga esa oltin, tabiiy gaz va misga jahon narxlarining ehtimoliy ko‘tarilishi, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin bo‘lgan unumdorlikning yuqori o‘sishi kiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...