
2025 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1 304 trillion so‘mni tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 7,6%ga ko‘pdir.
Iqtisodiyot o‘sishiga asosan sanoat, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohasi katta hissa qo‘shdi. Sanoatda YaIM 6,8%ga, qurilishda 14,2%ga, xizmatlar sohasida esa 8,7%ga o‘sdi.
Ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida o‘sish 21%dan oshgani kuzatildi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 34,5 million so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5,6%ga ko‘pdir.
Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning 49%ini, sanoat 25%ini tashkil etmoqda, qishloq xo‘jaligi ulushi esa 17%ga qisqardi. YaIMning 51,5%ini kichik korxonalar yaratmoqda.
Ularning faolligi ayniqsa qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida yuqori. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kuzatilmaydigan iqtisodiyot (uy xo‘jaliklari va yashirin sektor faoliyati) 433,7 trillion so‘mga baholanmoqda, bu YaIMning uchdan bir qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston YaIMi 7,6%ga oshdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar