
Rossiya Sanoat va savdo vazirligi qora metall parchasini O‘zbekistonga va Mo‘g‘ulistonga eksport qilish uchun yangi temiryo‘l chegara punktlarini qo‘shishni taklif etdi. Vazirlik tomonidan tayyorlangan qaror loyihasi normativ-huquqiy aktlar portalida e’lon qilindi va u 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirishi mumkin.
Hujjatga ilova qilingan tushuntirish xatiga ko‘ra, punktlar ro‘yxatini kengaytirish eksport logistikasi samaradorligini oshirish, transport xarajatlarini kamaytirish va ichki ehtiyojlar hamda eksport imkoniyatlari o‘rtasida muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi. Hujjatda qora metall parchalari metallurgiya sanoatining barqaror rivojlanishi uchun asosiy xomashyo resursi ekanligi ta’kidlanadi.
2025-yilda metallurgiya sohasida ishlab chiqarishning qisqarishi kuzatilmoqda, bu ichki talabning kamayishi va ayrim hududlarda qora metall parchalari ortib qolishiga olib kelmoqda. Bozor sharoitlarini hisobga olgan holda, vazirlik eksport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif etmoqda.
Bu qarorlar tarmoq mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ichki bozorda qora metall parchalari tanqisligini oldini olishga qaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar