date

Markaziy bank stavkani 14% darajasida saqladi

Markaziy bank stavkani 14% darajasida saqladi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 11 dekabr kuni asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyator bu qarorni inflyatsiyani ushlab turish va inflyatsion xavflarni minimallashtirish zarurati bilan izohladi.

Noyabr oyida yillik inflyatsiya 7,5% gacha pasaydi, bu esa asosiy inflyatsiyaning 6,3% gacha sekinlashishi bilan bog‘liq. Valyuta kursi mustahkamlanishi ham barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatdi.

Import mahsulotlari narxining pasayishi esa nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o‘sishini normallashtirishga yordam berdi. Markaziy bank prognozlariga ko‘ra, 2025 yil yakunida inflyatsiya 7,3% atrofida bo‘lishi, 2026-yil oxiriga borib esa 6,5% gacha pasayishi kutilmoqda.

Iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanmoqda: mehnat bozori talabi o‘sishi, savdo va pullik xizmatlardan tushumlarning ko‘payishi, shuningdek, banklararo tranzaksiyalar hajmining ortishi kuzatilmoqda. Yil yakunida iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari 7–7,5% atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Markaziy bank inflyatsiyani 5% darajasida ushlab turish maqsadida pul-kredit siyosatini qat’iy saqlash niyatida. Asosiy stavka bo‘yicha keyingi yig‘ilish 2026 yil 28 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank stavkani 14% darajasida saqladi