date

Osiyo kubogi. Indoneziya startda "uchdi", Iroq ham yutuqni qo‘lga kiritdi Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida “A” guruhining birinchi turi o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlabki kunning o‘ziyoq muxlislarga jonli temp, sergol bahs

Osiyo kubogi. Indoneziya startda "uchdi", Iroq ham yutuqni qo‘lga kiritdi Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida “A” guruhining birinchi turi o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlabki kunning o‘ziyoq muxlislarga jonli temp, sergol bahsl

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida “A” guruhining birinchi turi o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlabki kunning o‘ziyoq muxlislarga jonli temp, sergol bahslar va aniq signal berdi: bu guruhda hech kim “sayr” qilmaydi.

Avvalo, guruhning ilk uchrashuvida Iroq terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi futzalchilariga qarshi parketga chiqdi. Bellashuv boshidanoq tezlik yuqori bo‘ldi, vaziyatlar ko‘paya boshladi. Yakunda esa iroqliklar xarakter ko‘rsatib, 4:2 hisobida g‘alabani ilib ketdi va birinchi turdayoq 3 ochkoni jamg‘ardi.

Kunning so‘nggi bahsi esa tom ma’noda mezbonlar konsertiga aylandi. Indoneziya Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi: bosim, tezkor hujumlar, joy tanlash — barchasi “o‘z vaqtida, o‘z joyida”. Natija ham katta bo‘ldi — 5:0! Shu tariqa, mezbonlar yirik g‘alaba bilan guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritib, turniriga juda ishonchli start berishdi.

Birinchi tur xulosasi qisqa: “A” guruhida temp yuqori, gollar bor, intriga tirik. Davomi endi yanada qiziydi — chunki birinchi o‘yinlar har doim “ta’b”ni ochadi, haqiqiy kurash esa keyin boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi. Indoneziya startda "uchdi", Iroq ham yutuqni qo‘lga kiritdi Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida “A” guruhining birinchi turi o‘yinlari o‘tkazildi. Dastlabki kunning o‘ziyoq muxlislarga jonli temp, sergol bahs