date

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 million so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 million so‘mga yetdi

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yana tarixiy maksimumni yangiladi: Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 5 grammli quyma 10 million so‘mga chiqdi.

Yanvar oyining ikkinchi yarmidan beri narxlar izchil o‘sishda davom etmoqda. 12 yanvarda 5 grammli quyma ilk bor 9 million so‘mdan oshgan bo‘lsa, oradan ikki hafta o‘tib yangi psixologik marradan ham o‘tdi. Regulyator oxirgi ikki kun ichida ketma-ket ikkinchi rekord qayd etilganini bildirdi.

Markaziy bankning amaldagi kotirovkalariga ko‘ra, bugun 5 grammli quyma 10 million so‘m, 100 grammli quyma esa 203,7 million so‘mdan yuqori baholanmoqda.

Regulyator oltin narxi jahon bozoridagi keskin tebranishlar sabab ish kuni davomida ham o‘zgarishi mumkinligini eslatdi. Shuningdek, qayta sotib olish narxlari ham e’lon qilinadi — ular qadoq holati va quymaning texnik talablarga mosligiga qarab farqlanadi.

Mamlakatdagi qimmatlashuv global bozorlardagi vaziyat bilan hamohang. 26 yanvarda troya unsiyasi narxi tarixda ilk bor 5 ming dollardan oshdi. Bu 2025 yil davomida metallning 60%dan ko‘proq qimmatlagani fonida kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatida Afg‘onistondan import qilinadigan oltin xomashyosini qayta ishlash loyihasi ishga tushirilgan. Dastlabki bosqichda 2,9 million dollarga baholangan 20 kilogramm oltin xomashyosi yo‘naltirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 10 million so‘mga yetdi