Latsio tarkibini yosh darvozabon Edoardo Motta to'ldirdi

Rimning «Latsio» klubi tarkibiga yangi darvozabon qo'shildi. Jamoa 21 yoshli posbon Edoardo Mottani o'z safiga qo'shib olganini klubning rasmiy sayti tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Motta «Rejana»dan sotib olindi. Ushbu jamoa Italiya futbolining ikkinchi darajali ligasi — A Seriyasidan keyingi B Seriyasida ishtirok etadi.
Jurnalist Janluka di Marsio xabariga ko'ra, «Latsio» transfer uchun «Rejana»ga 1,2 mln yevro to'lagan.
Joriy mavsumda Motta 21 o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol o'tkazib yubordi. Besh uchrashuvda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Ayni paytda «Latsio» A Seriyasi jadvalida 29 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing