date

Endrik Ispaniyaning top-klubi diqqat markaziga tushdi

Endrik Ispaniyaning top-klubi diqqat markaziga tushdi

Hujumchi Endrik ijara asosida o‘yin amaliyoti uchun «Real»dan «Lion»ga o‘tganidan keyin darhol o‘zini ko‘rsatishni boshladi. The Touchline xabariga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchi «Atletiko» kuzatuv ro‘yxatiga kirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar Xulian Alvares jamoani tark etsa, uning o‘rnini to‘ldirish variantlari sifatida Endrik hamda «Brentford» forvardi Igor Tyago nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Endrikning salohiyatini ochib bera olishini, buning uchun unga yetarli o‘yin vaqti va maydondagi aniq rol berish muhimligini ta’kidlamoqda. Tyago borasida esa Simeone uni jismonan baquvvat, gol ura oladigan va raqib jarima maydonida samarali harakat qiladigan futbolchi sifatida baholaydi — u hozir Angliya chempionatining mavsum to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik Ispaniyaning top-klubi diqqat markaziga tushdi