"O‘zagroeksport" AJ tomonidan mahallliy muassasalar bilan hamkorlikda nafaqat eksport hajmini oshirish, balki o‘zbek gilosi eksporti geografiyasini kengaytirish va diversifikasiyasi bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Joriy yilda asosiy eksport qilinuvchi davlatlardan tashqari, yangi gilos Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, BAA va boshqa mamlakatlarga yuborildi.
Koreya tomonining talablari jiddiy o‘rganib chiqilganidan so‘ng mas’ul muassasalar sa’y-harakati bilan o‘zbek gilosini Janubiy Koreyaga eksporti taqiqi olib tashlandi. Eksport shartnomalari imzolanib, eksport barqaror ravishda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, koreyalik hamkorlar bilan anor va qovun eksporti bo‘yicha kelishuvga erishildi. Marketing tadqiqotlariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi, Evropa va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida O‘zbekistonning yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari katta talabga ega bo‘lmoqda.
Shu nuqtai nazardan, xorijda yangi hamkorlarni qidirib topish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan eksport hajmini oshirish masalasi o‘rganilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston gilos etishtirish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi — yiliga 100 ming tonna. Undan kamida 30 foizi har yili MDH va uzoq xorij davlatlariga eksport qilinadi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 2016 yilda 50 mln. dollarlik o‘zbek gilosi eksport qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?