date

O‘zbekistonda nikohlar soni yil sayin kamaymoqda

O‘zbekistonda nikohlar soni yil sayin kamaymoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylari davomida O‘zbekistonda FHDYO organlarida jami 177 mingta nikoh qayd etilgan.

Shulardan 91,2 mingtasi shahar joylariga, 85,8 mingtasi esa qishloq hududlariga to‘g‘ri keladi.

Nikohlar soni yillar kesimida (yanvar–sentyabr):

  • 2021 yil — 206,8 ming,
  • 2022 yil — 197 ming,
  • 2023 yil — 184,5 ming,
  • 2024 yil — 179,4 ming,
  • 2025 yil — 177 ming.

Ko‘rinib turibdiki, so‘nggi besh yil ichida nikohlar soni bosqichma-bosqich kamayib bormoqda. Mutaxassislar bu holatni iqtisodiy omillar, turmush tarzidagi o‘zgarishlar va yoshlarning kechroq turmush qurish tendensiyasi bilan izohlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda nikohlar soni yil sayin kamaymoqda