date

Belarusdan uchirilgan havo sharlari Litvani chora ko‘rishga majbur qildi

Belarusdan uchirilgan havo sharlari Litvani chora ko‘rishga majbur qildi

Litva hukumati Belarus hududidan noqonuniy yuklar ortilgan havo sharlari uchirilgani munosabati bilan 25-oktabr soat 12:00 ga qadar ikki davlat o‘rtasidagi barcha chegara o‘tish punktlarini yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Litva bosh vaziri Inga Ruginene rasmiy bayonot berdi.

24-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 atrofida Vilnyus va Kaunas aeroportlari yo‘nalishida uchib kelayotgan havo sharlari aniqlanib, xavfsizlik nuqtayi nazaridan parvozlar vaqtincha to‘xtatildi. Aeroport ma’muriyati bu holat qisqa muddatli bo‘lganini, parvozlar tez orada tiklanganini bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu — so‘nggi bir oy ichida Belarusdan Litva hududi tomon uchirilgan havo sharlari bilan bog‘liq uchinchi holatdir. Rasmiylar bu kabi harakatlarni davlat xavfsizligiga tahdid sifatida baholab, zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusdan uchirilgan havo sharlari Litvani chora ko‘rishga majbur qildi