Keyingi vaqtlarda odamlar orasida pul almashishi mumkinligi va inflyatsiyaning kuchayib bormoqda. Bu haqidagi mish-mishlarga javob topish, narx-navoning o‘sish tendensiyasi, inflyatsiya darajasi borasidagi fikrlarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zA muxbiri ekspert, huquqshunos, iqtisodchi Adham Shodmonov bilan suhbatda bo‘ldi.
Savollarga ekspert, huquqshunos, iqtisodchi Adham Shodmonov oydinlik kiritdi
— Pul almashar ekan degan mish-mishlarga sizning fikringiz? Qachon va qanday vaziyatlarda davlat puli o‘zgarishi mumkin? Agar shunday ehtimol bo‘lsa, odamlar qancha vaqt oldin xabardor etiladi?
— Mish-mishlardan xabardor bo‘lish, qaysidir ma’noda ogohlik va profilaktika chorasidek ta’sir qilishi mumkin. Biroq iqtisodiy-moliyaviy va bank tizimida mish-mishlarga emas rasmiy bayonotlarga tayangan ma’qul.
— Bizda inflyatsiyani yashirish bo‘layaptimi? Narx-navo davlat tomonidan ushlab turiladimi? Masalan, majlislarning birida Prezidentimiz go‘sht narxi 250 ming so‘m bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
— Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha mansabdor shaxslar tomonidan aholiga real holatni va haqiqiy statistika ma’lumotlarni yetkazib berish bo‘yicha qat’iy topshiriq bergan. Guvohi bo‘layotganimizdek, O‘zbekistonda inflyatsiya yashirilayotgani yo‘q. O‘zbekiston Markaziy banki deyarli har oyda aholi bilan onlayn muloqot qilib, bor gapni aytib, bozor narxlari haqida bayonot bermoqda.
Narxlarning o‘sish tendensiyasi e’lon qilinmoqda, unga ko‘ra joriy yilda ham inflyatsiyaning darajasi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Ta’kidlash kerakki, narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllantirish kelgusi davrlarda inflyatsiya “jilovini” tortib turish imkonini berishi tabiiydir.
Parlamentda 2018 yil Byudjetnomasi qabul qilinishi jarayonida 2017 yil yakunlari bilan 14 foizlik inflyatsiya darajasi saqlanib qolinishi bo‘yicha bashoratlar o‘zini oqladi. 2018 yilda u 12−13 foiz darajada saqlanishiga ishonchim komil.
Endilikda, hukumat keltirayotgan ayrim ko‘rsatgichlarning istiqbolli darajasi Xalqaro valyuta fondining, Jahon banki, OTB va Yevropa ittifoqining iqtisodiy komissiyasinig bu boradagi bashoratlaridan uncha ko‘p emas, 0,1-0,2 foizga farq qilmoqda.
Moliya vazirining 2017 yil dekabr oyi xulosalariga tayanadigan bo‘lsak, tashqi bozorlar “ob-havosi”ga havola qilib shuni ta’kidlash mumkinki, Brent rusmida avtomobil yoqilg‘isi o‘rtacha 30 foizga oshdi. Chunki ko‘p yillardan buyon biz neft importiga bog‘liqmiz, yurtimizda benzin taqchilligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi