14:55 / 09.07.2018
4 436

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi yana pastladi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi yana pastladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 10 iyuldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Qayd etish joizki, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagiga nisbatan 32,85 so‘mga arzonlab, 7813,42 so‘mni tashkil etdi.

1 yevro 10,06 tiyinga qimmatlashib, 9176,86 so‘mga yetgan bo‘lsa, 1 Rossiya rubli 87 tiyinga arzonladi va uning kursi 124,19 so‘mga teng qilib belgilandi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi yana pastladi