07:02 / 19.10.2018
3 462

Rossiya hukumati O‘zbekiston bilan 2024 yilgacha iqtisodiy hamkorlik dasturi loyihasini ma’qulladi

Rossiya hukumati O‘zbekiston bilan 2024 yilgacha iqtisodiy hamkorlik dasturi loyihasini ma’qulladi
Mazkur hujjat bilan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning asosiy maqsad va vazifalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlariga aniqlik kiritilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev 2019–2024 yillarda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik dasturi loyihasini ma’qullash haqidagi farmoyishni imzoladi. Mazkur hujjat payshanba kuni RF vazirlar mahkamasi saytida e’lon qilindi.

«Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining Rossiya TIV va boshqa manfaatdor ijroiya hukumati federal organlari bilan ma’qullangan, Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik dasturini imzorlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin», — deyiladi hujjatda.

Rossiya bosh vaziri Iqtisodiy rivojlanish vazirligiga ushbu dasturni imzolash vazifasini topshirgan. Qayd etilishicha, hujjat bilan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning asosiy maqsad va vazifalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlariga aniqlik kiritilgan.

«Agar dastur imzolansa, uning amalga oshirilishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivoji hamda ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot ayriboshlashning o‘sishiga xizmat qiladi», — deyiladi ushbu hujjatga sharhda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining matbuot xizmati Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik dasturi imzolanishi haqida ilgariroq xabar bergan edi. RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Putin Toshkentga 18 oktyabr kuni kechqurun yetib borishi, biroq RF yetakchisining davlat tashrifi doirasidagi barcha tadbirlar 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishini bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya hukumati O‘zbekiston bilan 2024 yilgacha iqtisodiy hamkorlik dasturi loyihasini ma’qulladi