4 200
Oʻzbekiston viloyatlarida Rossiyaning ulgurji savdo markazlari ochilishi kutilmoqda
Joriy yilning 6 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida, Oʻzbek-Rus qishloq xoʻjaligi boʻyicha ishchi guruhining III yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, RF Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Sergey Levin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish maqsadida, ikki davlatning viloyatlarida Ulgurji savdo markazlarini tashkil etishni taklif etgan.
“Oʻzbekistonda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan markazlarga Rossiyaning «Rosagromarkazi”ni intergatsiya qilishga Rossiya tomoni tayyorgarligini eʼlon qildi. Bu, oʻzbek meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita Rossiyaning ulgurji bozorlariga yetkazilishiga imkon yaratadi», — Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborotida.
Rossiya tomoni, ikki davlat oʻrtasida mavjud boʻlgan “Yashil yoʻlak”larga yana 4ta oʻtkazish punkt qoʻshilib, ularning umumiy soni 11taga yetganini maʼlum qilgan.
“Endi soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiriluvi Astraxan, Derjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna punktlarida ham qoʻllaniladi”, — deya taʼkidlaydi Oʻzbekiston tomoni.
Maʼlum qilinishicha, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiriluvi jarayonida fitosanitariya nazoratini oʻtkazishni yanada soddalashtirish maqsadida ikki davlatning tartibga soluvchi organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyishga qaror qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi