2019 yil yanvar — fevral oylarida eksport hajmi 3,03 milliard dollarga (oʻsish surʼati 20,4%) teng boʻldi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Eksport tarkibida tovarlar 86,6 foiz ulushga ega boʻlib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,0%), toʻqimachilik va toʻqimachilik buyumlari (7,5%), oziq-ovqat mahsulotlari (4,2%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,4%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (4,6%) guruhlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Ushbu uch milliard dollarning yarmidan kamrogʻi oltin hissasiga toʻgʻri keldi - 1,2 milliard dollar. Oltinni hisobga olmaganda, eksport hajmi 45,3 foizga oshib, 1,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Agar 2018 yil bilan solishtiriladigan boʻlsa, eksport tuzilmasida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermagan, ammo 2019 yil yanvar—fevral oylarida oltindan tashqari barcha tovar va xizmatlarning eksport ulushi oshgan.
2018 yilda Oʻzbekiston 2,9 milliard dollarlik oltin sotdi. U eksportdagi eng asosiy tovarlardan biri boʻlib qolmoqda. Masalan, 1,1 milliard dollarlik qora va rangli metallar, 1,6 milliard dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari, 1 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotildi.
2018 yil kuzida Oʻzbekiston oltin eksportini toʻxtatdi, bu mamlakatning oltin zaxiralarini koʻpaytirish imkonini berdi. Yil boshida qazib olinadigan va sotiladigan oltin toʻgʻrisidagi maʼlumot endi sir saqlanmasligi maʼlum boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi