06:30 / 18.07.2019
2 830

Rossiya O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 8 mln dollar sarflaydi

Rossiya O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 8 mln dollar sarflaydi
Rossiyaning Federal soliq xizmati O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 515 mln rubl (8 mln dollardan ko‘proq) sarflaydi. Bu haqda The Insider nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Rossiyaning davlat xaridlari portalidagi bu bilan bog‘liq tenderga “GosZatrati” birlashmasi birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan.

Rossiya O‘zbekistonga “soliq ma’murchiligi tizimini rivojlantirish, jumladan mol-mulkka soliq solishni takomillashtirish va soliq to‘lovchilar bilan ishlash tizimini yaratish maqsadida” O‘zbekistonga bepul texnik yordam ko‘rsatadi.

Rossiya davlat mulkini boshqarish federal agentligiga tegishli “Glavniy Nauchno-Issledovatelskiy Vichislitelnыy Sentr” AJ loyihaning yagona ijrochisi bo‘lgan.

Avvalroq Federal soliq xizmati Mixail Mishustin O‘zbekiston va Rossiya soliq tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani boshlayotganini ma’lum qilgan. Mishustin o‘shanda beg‘araz yordam ko‘rsatilishi haqida so‘z ochmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya O‘zbekistonning soliq tizimini takomillashtirish uchun 8 mln dollar sarflaydi