91
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajratdi. Bu mablag‘ mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar olib borilishini rag‘batlantirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishda ilg‘or natijalar ko‘rsatgani sababli taqdim etildi.
Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Milliy qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi amalini qo‘llab-quvvatlashga jami 20 million yevro ajratilishi ko‘zda tutilgani sababli, joriy va kelgusi yilda qo‘shimcha grantlar kutilmoqda.
Umumiy maqsad – O‘zbekiston xalqini ko‘proq ish o‘rinlari va daromadlar bilan ta’minlaydigan bozorga olib chiqish, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, barqaror qishloq-oziq-ovqat sektoridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
«Qishloq xo‘jaligi sektori O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda muhim va fuqarolarni ish bilan ta’minlaydigan asosiy manba hisoblanadi. Qolaversa, oila fermerlar, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan iste’mol qilinadigan go‘sht va sabzavotlarning asosiy qismini yetishtiriladi. Shu bois, biz ushbu dehqon xo‘jaliklarining rivojlanishi, o‘zgaruvchan iqlim sharoitiga moslashishi, atrof-muhitni muhofaza qilishi, sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishi hamda mahalliy va global qiymat zanjirining bir qismiga aylanishiga imkon beradigan islohotlarga e’tibor qaratmoqdamiz. Grant mablag‘lari Yevropa Ittifoqining GSP+ kabi boshqa tashabbuslari bilan bir qatorda, Yevropa Ittifoqiga eksport hajmini oshirishga yordam beradi», - deya ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.
Barqaror qishloq-oziq-ovqat sektori Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun uzoq muddatli indikativ dasturining(2021-2027 yillar) uchta strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar yaxshi boshqaruv va inklyuzivlik, shuningdek ekologik va raqamli o‘sishlardan mavjud. Dastur doirasida 2021 yildan buyon O‘zbekistonga deyarli 76 million yevro (taxminan 1 trillion so‘m) ajratildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik, ammo..."