269
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
Mamarizo Nurmuratov
Foto: Akmal Qudratov / “Daryo”
Barcha birlamchi bozordagi uylarga ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda. Bu haqda asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi qarori yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo”.
“Ipoteka bo‘yicha Hukumatning 17-18 foizlik normalari imtiyozli ipoteka doirasiga kiradi va u yerda belgilanganki, agar Markaziy bank qayta moliyalash stavkani oshirsa foizlar oshmaydi, tushadigan bo‘lsa, pasayadi. Bugungi kunda biz qayta moliyalash stavkasini o‘zgartirganimiz yo‘q, bu degani hozircha hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.
Oldindan aytmoqchi emasman, bu muhokama jarayonida. Joriy yilgi investitsion dasturlar va ipotekani rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank o‘rtasida muhokama qilindi, hozir yakunlanish darajasiga yetgan.
Loyihaga ko‘ra, avval imtiyozli kreditlar ma’lum bir bozordagi uy-joy segmentiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hozir Iqtisodiyot va moliya vazirligi barcha birlamchi bozordagi uylarga kredit ajratadi”, — dedi Markaziy bank raisi.
Mamarizo Nurmuratovning ta’kidlashicha, loyiha amaliyotga tatbiq etilsa, umumiy ipotekani foizi pasayadi. Masalan, hozirgi 25-27 foizlik ipoteka kreditlari o‘z-o‘zidan 21,5-22 foizgacha tushishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘zbekiston — Qozog‘istondagi xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda
Kreml AQSHning Rossiyaga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga qanday munosabat bildirdi?