Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Mazkur hujjat valyutani tartibga solish sohasidagi amalda bo‘lgan 5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish orqali qabul qilindi va 2020 yil 1 sentabrdan kuchga kirdi.
Mazkur Qoidalar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi yangiliklar joriy etildi:
— jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi;
— banklar tomonidan mijozlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilishi bilan bog‘liq normalar bekor qilindi;
— xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag‘larini konvertatsiya qilish jarayonlari hamda chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarni banklar tomonidan ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi;
— valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvarag‘ida qat’iy ravishda mablag‘lar rezerv qilinishi bo‘yicha talab bekor qilindi;
— sotib olingan mablag‘lardan foydalanish borasida qo‘shimcha qulayliklar yaratildi, xususan, bank mijozlarining maxsus valyuta hisobvarag‘iga turli xil sabablarga ko‘ra qaytib tushgan valyuta mablag‘laridan takroran foydalanish imkoniyati yaratildi;
— Markaziy bank tomonidan ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilindi;
— ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xodimlar soni, xavfsizlik talablari, ularni monitoring qilish va boshqa talablar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmoni bilan 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilgan, bundan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish mustasno. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi