22:32 / 30.11.2020
5 589

O‘zbekistonda AI-80 markali benzinning narxi oshdi

O‘zbekistonda AI-80 markali benzinning narxi oshdi
O‘tgan hafta davomida, ya’ni 23 – 29 noyabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 1 190,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 10,6% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 87,4% - birja savdolari, 2,6% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 9,5% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 432,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 22,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Sement
Qurilish mavsumi yakunlanganligiga qaramasdan sement bozori narxlarni biroz o‘sishni namoyon etishni davom ettirmoqda. Hafta davomida birja savdolariga 152 456,0 tonna sement qo‘yildi va ulardan 141 923,0 tonnasi, ya’ni 93,1% sotildi.

Shu bilan birga, birja savdolariga qo‘yilayotgan sement hajmini pasayganligi sababli, uning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari ham avvalgi haftaga nisbatan deyarli 1,5 marotaba pasayib, 28,4 ming tonnani tashkil qildi.

Natijada, ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 512,0 ming so‘mdan 539,1 ming so‘mgacha, ya’ni 5,3% ga ko‘tarilgan.

Benzin
O‘tgan haftada birja savdolariga 24 338,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 20 273,3 tonnasi, ya’ni 83,3% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 52 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha boshlang‘ich narxlari bir tonnasi uchun 5 294,0 ming so‘mdan 5 490,3 ming so‘mgacha yoki 3,7 % ga o‘sdi. Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham bir tonna uchun 5 325,1 ming so‘mdan 5 557,1 ming so‘mgacha yoki 4,4% ga ko‘tarildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 5 476,8 ming so‘mni, AI-91 – 6 203,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda AI-80 markali benzinning narxi oshdi