18:45 / 20.04.2021
2 567

MIB: Beruniyda davlat foydasiga 2 mlrd. 178,1 mln. so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirildi


Beruniy tuman Davlat Soliq Inspeksiyasining 2021yil 24 fevraldagi qarzdor "BERUNIY CLUSTER" MCHJdan undiruvchi Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 2 mlrd. 178 mln. 095,6 ming so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Beruniy tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro hujjati davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor jamiyat bankdagi barcha hisob-raqamlariga band solingan.

Shundan keyin, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, jamiyat tomonidan ijro hujjatida belgilangan jami 2 mlrd. 178 mln. 095,6 ming so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lig‘i bilan undirildi va ijro hujjati O‘zbekiston  Respublikasi  “Sud hujjatlari va boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda ijro qilinib, tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » MIB: Beruniyda davlat foydasiga 2 mlrd. 178,1 mln. so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar undirildi