08:00 / 07.10.2021
962

“Gazni bosish vaqti”: O‘zbekistonda benzinga muqobil yoqilg‘i bormi?

“Gazni bosish vaqti”: O‘zbekistonda benzinga muqobil yoqilg‘i bormi?
O‘zbekiston 2021 yil yanvar-avgust oylarida 100 million dollarga teng bo‘lgan benzin import qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan uch barobar ko‘p.

Shu bilan birga mamlakat ommaviy ravishda gazga o‘tmoqda va elektromobillarning ishga tushirilishini kutmoqda. Endi nima bo‘ladi va ertaga qaysi yoqilg‘idan foydalaniladi?

Respublikada motor yoqilg‘isi sifatida gazdan boshqa muqobil variantlar bormi, O‘zbekistonda neftni qayta ishlash zavodlarini qurish kerakmi yoki YEOIIga a’zo bo‘lib, Rossiya va Qozog‘iston arzon xomashyosidan foydalanish osonroqmi? Sputnik muxbiri Mustaqil yoqilg‘i ittifoqi vitse-prezidenti Dmitriy Gusev bilan bular haqida suhbatlashdi.

O‘zbekiston benzin bilan uzoqqa boradimi?
Dmitriy Gusevning fikricha, yangi neftni qayta ishlash zavodlari qurilishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Yoqilg‘i quyish shoxobchalari sonini ham, gaz bilan ishlaydigan transport vositalarini ham ko‘paytirish orqali mamlakatning ichki bozorini optimallashtirish yanada istiqbolli.

Bundan tashqari, elektr energiyasi hajmini va arzon, texnologik jihatdan rivojlangan va ekologik toza bo‘lgan elektrotransportlarning sonini oshirish muhim. Dmitriy Gusevga ko‘ra, trolleybuslar ko‘p davlatlarda 80 yildan oshiq muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va o‘zlarini juda samarali ko‘rsatdi. Ularning o‘rnini elektrobuslar egallamoqda, lekin ularni foydalanishda o‘ziga xos qiyinchiliklari bor. Agar shaharda elektromobillar soni ko‘paytirilsa, tarmoqlarga tushadigan yuk ortadi va MDH ko‘plab davlatlarida ular sovet davridan beri yangilanmagan - buning uchun pul kerak bo‘ladi. Quyoshli O‘zbekiston iqlimini hisobga olgan holda kelajak - yangi texnologiyalarda. Biroq, yaqin kelajakda transport sohasida texnologik inqiloblar kutmaslik kerak.

"Nafaqat barqaror rivojlanish tamoyilidan, balki iqtisodiy samaradorlikdan ham foydalanish muhim. Ammo haqiqat shuni ko‘rsatadiki, gaz, benzin va dizel yoqilg‘isidan foydalanish kerak", - deb tushuntirdi ekspert.

Gusevning so‘zlariga ko‘ra, agar jamoat transporti tarmog‘i faol rivojlantirilsa, odamlar avtobus, elektrobus, poyezd, metro yordamida bir nuqtadan ikkinchisiga o‘tishsa, samaradorlik sezilarli darajada oshirilib, umumiy yoqilg‘i sarfini kamaytirish mumkin.

YEOII O‘zbekistondagi benzin masalasini hal qiladimi?
Respublika benzinni asosan Rossiya, Turkmaniston va Qozog‘istondan import qiladi. Gusevning fikriga qaraganda, respublikaning YEOIIga a’zo bo‘lishi unga benzin sotib olish narxlarining o‘zgarishiga bevosita ta’sir qilmaydi.

Ekspertning aytishicha, O‘zbekistonda yoqilg‘i sotib olish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q. Barcha postsovet davlatlarining muammosi yagona - ular mamlakat ichidagi bozor va chakana narxlar o‘rtasidagi farqni qoplaydigan yoqilg‘i narxini subsidiyalashga to‘g‘ri keladi.

"Hamma narsa respublika ichki benzin narxini ushlab turishga qanchalik tayyorligi va shu orqali ichki iqtisodiyotni subsidiyalashiga bog‘liq", - deb tushuntiradi ekspert.

O‘zbekiston uchun yoqilg‘i retsepti
Dmitriy Gusev respublikaga avtomobil egalarini qo‘llab-quvvatlashda differensial yondashuv - maqsadli subsidiyalar bo‘yicha Rossiya tajribasidan foydalanishni taklif qildi.

"Agar sizda mercedes bo‘lsa, unda siz benzinni litrini 1,50 dollarga sotib olasiz. Agar kichik mashinada kam daromadli bo‘lsangiz, xuddi shu narxda yonilg‘i quyasiz, lekin narxning yarmi sizga keshbek bo‘lib qaytadi", - deb tushuntirdi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda maqsadli subsidiyalar tizimi - bu davlat qo‘llab-quvvatlashiga chindan ham muhtoj bo‘lgan iste’molchilarni ajratish va shu orqali bozorlarni barqaror rivojlanish va energiya samaradorligi darajasiga olib chiqish imkonini beradigan optimal choradir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Iqtisodiyot » “Gazni bosish vaqti”: O‘zbekistonda benzinga muqobil yoqilg‘i bormi?