Imom Ahmad va «Sunan» egalari Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qiladi. U kishi aytdiki: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Albatta, ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamni meros qilib qoldirmadilar. Ular ilmni meros qilib qoldirdilar. Kimki uni (ilmni) olsa, ulkan nasibani olibdi».
Bilamizki, inson agar vafot etsa, undan qolgan mulkka eng yaqin kishilari ega bo‘ladi. Bashariyat tarixidagi eng yaxshi kishilar, barcha insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan zotlar – payg‘ambarlardir. Mazkur hadisda olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘ri ekanligi aytilmoqda. Olimlik shohsupasiga chiqish uchun kishi avval toliblik zinapoyasini bosib o‘tmog‘i lozim. Bu yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tish uchun tolibi ilm nima qilishi kerak? Nimalarga sabr qilmog‘-u, nimalarga haris bo‘lish kerak?
Ma’lumki, tolibi ilm uchun har bir zamonning o‘ziga xos qiyinchiliklari bo‘lgan. Xususan, tobe’inlar, taba’a tobe’inlar davrida, masofaning uzoqligi, davlat ustiga noto‘g‘ri aqidadagi (mo‘’tazila kabi) kishilarning kelishini misol keltirish mumkin.
Yaqin tarixga nazar tashlasak, mustamlakachilik qurboni bo‘lgan Turkiston o‘lkasida ham, ilm olish og‘ir mashaqqatlarni talab qilgan. Lekin, shunday bo‘lsa ham, o‘sha davrlarda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Shayx Alouddin Mansur, Domla Hindistoniy kabi yetuk ahli ilmlar yetishib chiqqan.
Sog‘lom muhit
Farzandingizni, kim bilan do‘stlashayotganiga e’tiborli bo‘ling. Sufyon Cavriy rohimahulloh aytadilar: "Kishining tuzalishi yoki buzilishida do‘stidan ko‘ra ta’sirli kishi yo‘q". Siz farzandingzini to‘g‘ri tarbiya qilsangiz-u, lekin kim bilan do‘st tutinganiga bee’tibor bo‘lsangiz, hushyor bo‘ling, farzandingizni yo‘qotib qo‘yishingiz hech gap emas. Ular farzandingizni to‘laligicha axloqini buzib yubormasa ham, qalbiga "shunday qilsa bo‘laveradi" degan urug‘ni ekib qo‘yishi mumkin. Bu urug‘ esa qachondir yetilib, "meva" berishi aniq. Yomon davralarda doimiy bo‘lish, kishining ko‘ziga iflosliklarni ham yumshatib ko‘rsatadi. Yomon yo‘ldosh bilan yurgan yigit, dastavval nafllarni kamaytiradi. Asta-sekin mayda gunohlarga qo‘l uradi. Shu zaylda qalb qorayib boraveradi!
Virtual olam
Bu illat avvalgisidan xavfliroq. Ehtimol siz farzandingizni kim bilan do‘stlashishini nazorat qila olarsiz, lekin uning "virtual olam"dagi hayotini nazorat qilolmaysiz. Avvallari toliblarni chalg‘itgan narsalar, hozirgilaridan "o‘tkirroq" emas. Bola qo‘lidagi telefon orqali istagan narsasini ko‘rishi, istagan odami bilan xohlaganicha muloqot qilishi mumkin. Siz esa bularni hech biridan boxabar bo‘lolmaysiz. Chunki yosh avlod siz va bizdan ko‘ra bu qurilmalarni yaxshi tushunadi. Shuning uchun farzandingizni qo‘rqitish orqali nazorat qilmang. Zotan bu foydasizdir. U gunohlardan sizdan qo‘rqqanligi uchun emas, Allohdan hayo qilganligi uchun tiyilmog‘i kerak.
Voizlarga emas, olimlarga muhtojmiz!
Voiz so‘zi arab tilida va’z qiluvchi, nasihatgo‘y insonlarga nisbatan ishlatiladi. Siz voiz emas olim bo‘ling. Ya’ni, fe’lingiz orqali nasihat qiling. O‘zingiz televizorda futbol ko‘rayotib, bolangizga "Ovqat mahalda telefoningni yig‘ishtir" demang. Siz o‘zingiz shu futbolni ko‘rmang. Ibrat olinadigan shaxs bo‘ling. Farzandingiz sizni kitob o‘qiyotganingizni ko‘rib ulg‘aysin. Zotan, yoshlikdagi xotiralar kishi bilan bir umrga birga bo‘ladi. Qush inida ko‘rganini qiladi deydilar. Polaponingizni avaylang, zero, olim yetishtirish oson emas...
Avazbek Mirsaitov
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?