O‘zbekistonda islomiy banklar ochilishi mumkin

1 daqiqa o'qish880
O‘zbekistonda islomiy banklar ochilishi mumkin

O‘zbekiston moliya bozorida yangi bir yo‘nalish — islomiy bankchilik tizimini joriy etish masalasi kun tartibiga chiqdi. 16 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida mazkur masala muhokama qilinib, parlament a’zolariga maxsus qonun loyihasi taqdim etildi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyevning ta’kidlashicha, mamlakatda islomiy bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun alohida litsenziya joriy etilishi rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, banklar mustaqil ravishda islomiy bank sifatida ish boshlashi yoki mavjud bank tarkibida islomiy xizmat ko‘rsatuvchi maxsus bo‘lim tashkil qilishi mumkin bo‘ladi.

Loyiha orqali aholi va biznes subyektlariga shariat qoidalariga muvofiq moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Mutasaddilarning fikricha, bu tashabbus banklar o‘rtasida raqobatni kuchaytiradi, bozorga yangi investorlarni jalb etadi hamda moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasida bir qator huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Jumladan, Soliq va Fuqarolik kodekslari, shuningdek yana 8 ta qonunga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Qonunchilikka “islomiy bank”, “islomiy moliya standartlari”, “investitsiyaviy depozit” kabi yangi tushunchalar qo‘shilishi belgilangan.

“Bu aholi va tadbirkorlar uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Islomiy banklar, islomiy darchalar va mikromoliyaviy tashkilotlar tashkil qilinishi orqali muqobil moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengayadi. Shu bilan birga, biznesni qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalari ishga tushadi”, — dedi Turdaliyev.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, 2022 yildayoq o‘ndan ortiq banklarda islomiy darchalar tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlangan edi. Davlat rahbari ham islom moliyasi joriy etilishi mamlakatga 5 milliard dollar atrofida qo‘shimcha resurs jalb etishi va moliya bozorida raqobat muhitini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev islom moliyasiga oid qonun loyihasi tayyorlangani va u yil oxiriga qadar parlamentga kiritilishi rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?