date

“Soyuzmultfilm” Chexovning “Chayqa” asarini animega aylantiradi

“Soyuzmultfilm” Chexovning “Chayqa” asarini animega aylantiradi

“Soyuzmultfilm” kinostudiyasi Dikidigital bilan hamkorlikda Anton Chexovning mashhur “Chayqa” asari asosida to‘liq metrajli anime tayyorlamoqda. Bu haqda studiyaning bosh prodyuseri Yuliya Osetinskaya “Interfaks”ga ma’lum qildi.

“Aleksandrinskiy teatr sahnasida ilk bor qo‘yilgan spektakldan deyarli 130 yil o‘tib, buyuk rus dramasi yangi formatda qayta tug‘iladi”, dedi u. Osetinskaya so‘zlariga ko‘ra, ijodkorlar Chexov pyesasining “mazmun va yaxlitligini” asrab qolish, shu bilan birga uni “zamonaviy yosh tomoshabinlar uchun mos shakl”da taqdim etishni maqsad qilgan.

Ayni vaqtda film ishlanish jarayonida.


Manba: Pravilamag

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Soyuzmultfilm” Chexovning “Chayqa” asarini animega aylantiradi