date

Rossiyada kitob do‘konlari savdosi keskin pasaymoqda

Rossiyada kitob do‘konlari savdosi keskin pasaymoqda

Rossiyada 2025 yilning dastlabki sakkiz oyi davomida kitob do‘konlaridagi savdo hajmi 6–18 foizga kamaygani ma’lum qilindi. Bunga asosiy omil sifatida kitob bozorining qariyb 65 foizini egallagan bozor savdosining jadal o‘sishi ko‘rsatilmoqda.

Shunga qaramay, kitob do‘konlari tarmog‘ining umumiy aylanmasi 1,1 foizga o‘sdi. Bu esa kitob narxining keskin qimmatlashi bilan izohlanadi. Hozirda do‘konlarda o‘rtacha narx 546 rublni tashkil etmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 12,3 foizga ko‘pdir. Nashriyotlar bu holatni qog‘oz, bosma ishlari va logistika xarajatlarining o‘sishi bilan bog‘lashmoqda, deya xabar berdi “Kommersant”.

Bundan tashqari, kitob do‘konlariga tashrifchilar soni ham qisqargan. O‘rtacha oqim 6,6 foizga kamaygan bo‘lsa, ayrim hududlarda 20 foizgacha pasayish kuzatilgan. Bir yil ichida mamlakat bo‘ylab 200 dan ziyod do‘konlar yopilgani ham bozordagi xavotirni kuchaytirgan.

Shu bilan birga, raqamli kitoblar segmenti o‘sishda davom etmoqda. Elektron formatlar ko‘plab kitobxonlar uchun qulay va amaliy alternativa sifatida tobora ommalashib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada kitob do‘konlari savdosi keskin pasaymoqda