date
views 211

Fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi

Fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sudning 2022 yil 05 dekabrdagi qaroriga asosan R.Sobirovaning foydasiga qarzdor Paxtakor tuman hokimligidan buzilishga tushgan binosining qurilishiga ketgan sarf-xarajatlar uchun 56.9 mln. so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi Aloxida muhim ijro hujjatlarini ijro etish sho‘basi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.

Ijro harakatlari davomida Fuqaro R.Sobirovaga hokimlikdan 56.9 mln so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirib berildi, ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga kompensatsiya pullari undirib berildi