Andijonda mikroavtobusga 58 nafar bola sig‘dirildi

1 daqiqa o'qish222
Andijonda mikroavtobusga 58 nafar bola sig‘dirildi

Andijonda mikroavtobusga 58 nafar bola sig‘dirildi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi reyd davomida bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy qoidabuzarlik aniqlandi. YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan mikroavtobusda 58 nafar bola tashilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Viloyat YHXX ma’lumotiga ko‘ra, holat 6 may kuni Izboskan tumanidagi O‘rta qishloq mahallasi hududida qayd etilgan. Mumtoz ko‘chasida harakatlangan King Long rusumli mikroavtobus inspektorlar tomonidan tekshiruv uchun to‘xtatilgan.

Tekshiruv jarayonida haydovchi Q.Z. davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi ta’lim muassasasining 58 nafar tarbiyalanuvchisini olib ketayotgani aniqlangan.

Mutasaddilarning bildirishicha, mazkur holat yo‘l harakati qoidalarining “odam tashish” bilan bog‘liq talablariga zid hisoblanadi. Shu sababli haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, haydovchi va ta’lim muassasasi mas’ullari bilan bolalarni xavfsiz tashish bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tish joiz, shu kabi holatlar avval ham kuzatilgan. Xususan, Samarqand viloyatida o‘tkazilgan reydlarda Damas avtomobilida 28 nafar bola tashilayotgani aniqlangan edi. Yana bir holatda esa yengil avtomobilga 24 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi joylashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?