Toshkentda o‘yinchoq mashinada harakatlangan bolakay YPXga tushdi

1 daqiqa o'qish527
Toshkentda o‘yinchoq mashinada harakatlangan bolakay YPXga tushdi

Toshkentda o‘yinchoq mashinada harakatlangan bolakay YPXga tushdi

Toshkent shahrida kichik yoshli bola ishtirokidagi qiziqarli, ammo xavfli holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, haqiqiy avtomashinalar orasida harakatlangan.

Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 8 may kuni soat 12:30 atrofida Bektemir tumanidagi Oltintopgan ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ota-ona nazoratidan chetda qolgan bola elektrda harakatlanuvchi o‘yinchoq mashinasida yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan.

Holat atrofdagilar va boshqa haydovchilar uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan. YHXB xodimlari tomonidan bolaning xavfsizligi ta’minlanib, uning ota-onasiga tegishli tushuntirish berilgan.

Shuningdek, bolaning otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi — bolalarni tarbiyalash va nazorat qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik holati yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘pchilik ota-onalarni farzandlar xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?