date

Surxondaryoda yo‘qolgan ikki yoshli bola hanuz qidirilmoqda

Surxondaryoda yo‘qolgan ikki yoshli bola hanuz qidirilmoqda

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak daryosi atrofida voyaga yetmagan bolaning bedarak yo‘qolishi holati bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Termiz shahridagi “Yulduz” mahallasida istiqomat qiluvchi, 2024 yil 25 iyunda tug‘ilgan o‘g‘il bola Sangardak hududida yo‘qolib qolgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari amalga oshirilayotgani, bolani topish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda barcha kerakli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani bildirildi. Shuningdek, tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi nazoratiga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, voqea 26 aprel kuni taxminan soat 15:00 atrofida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, bola onasi uni qisqa vaqtga nazoratsiz qoldirgan paytda bedarak bo‘lib qolgan. Shundan keyin yaqinlari ichki ishlar organlari hamda favqulodda vaziyatlar xizmatiga murojaat qilgan.

Bolakayning otasi esa ijtimoiy tarmoqlar orqali unga noma’lum shaxslar tomonidan farzandi tirik ekani haqida turli xabarlar yuborilayotganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim foydalanuvchilar sun’iy intellekt yordamida bolaning suratlarini tahrirlab tarqatgan, aloqa uchun telefon raqami yuborilganidan so‘ng esa yozishmalarni o‘chirib tashlagan. Ota qidiruv ishlariga yanada jiddiy va tezkor e’tibor qaratilishini so‘ragan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda yo‘qolgan ikki yoshli bola hanuz qidirilmoqda