17:37 / 03.06.2023
193

Navoiyda korxonaning 15 mlrd. 600 mln so‘mlik to‘lovlar undirildi

Navoiyda korxonaning 15 mlrd. 600 mln so‘mlik to‘lovlar undirildi
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozlar berilib, tadbirkorlarning faoliyati tobora kengayib bormoqda.
 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 36-moddasi 1-qismida, ushbu Kodeksning maqsadlarida chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik faoliyatini to‘liq yoki qisman doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha joy chet el yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb e’tirof etilishi belgilangan.
 
Biroq amaliyotda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ayrim xorijiy korxonalar tomonidan qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bejarmaslik holatlari ham uchrab turadi.
 
Xususan, “Ch.C.E.LTD” doimiy muassasasi xorijiy korxonasi tomonidan 1.240.85 AQSH dollariga teng Navoiy viloyatiga olib kelingan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarining to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha berilgan talabnomasini oqibatsiz qoldirgan.
 
Mazkur holat yuzasidan viloyat sudi tomonidan korxonadan 15 mlrd. 610 mln so‘m bojxona to‘lovlarini undirish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan.
 
Mazkur ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida bojxona to‘liq undirilishi ta’minlandi.
 
Maqsad qaysidir korxonaning faoliyatiga to‘sqinlik qilish emas, ularga qonun ustuvorligini tushuntirishdan iborat.
 
Majburiy ijro byurosi 
Navoiy viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda korxonaning 15 mlrd. 600 mln so‘mlik to‘lovlar undirildi
ePN